Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi vakillari bilan muzokaralar oʻtkazildi
Institut Qurilish fakultetida Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Bahromjon Fozilov boshchiligidagi mutasaddilar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Oʻzaro muloqot davomida boshqarma boshligʻi oʻzi ham shu fakultet bitiruvchisi ekanligini taʼkidlab, institut bilan yaqindan hamkorlik ustuvor yoʻnalish sifatida koʻrilayotganini qayd etib oʻtdi. Talabalar amaliyoti va ishga joylashuvi masalasida oʻz takliflarini bildirdi.
Qurilish fakulteti dekani Muxtorjon Mansurov boshqarma vakillariga hamkorlik uchun minnatdorlik bildirdi. Oʻzaro aloqalarni yanada mustahkalash borasidagi fikr-mulohazalarini aytib oʻtdi.
Uchrashuv yakunida boshqarma vakillariga institut nomidan esdalik sovgʻalari topshirildi.