Institutda xorijiy tillarni oʻrgatish markazi tashkil etiladi
Davlat rahbari tomonidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida OTMlarda davlat-xususiy sheriklik asosida oʻqituvchi va talabalarga xorijiy tillarni puxta oʻrgatadigan til markazlarini tashkil etish belgilangan edi.
Ushbu koʻrsatmani toʻlaqonli bajarish maqsadida “Innovation Language Centre” nodavlat taʼlim muassasi bilan institutda xorijiy tillarni oʻrgatish markazini tashkil etish boʻyicha bitim imzolandi.
Ushbu bitimda mazkur markaz faoliyatini muvaffaqiyatli yoʻlga qoʻyishga qaratilgan tomonlarning maqsad va vazifalari aniq koʻrsatib oʻtilgan.
Bitimni institut oʻquv ishlari boʻyicha prorektori Qahramon Inoyatov va “Innovation Language Centre” NTM rahbari Dostonbek Rahimjonov imzoladi.