Institutda “Axloq va sogʻliqqa qarshi huquqbuzarliklar hamda OITS kasalligining ayanchli oqibatlari” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
Davra suhbatida IIV ishchi guruh aʼzolari — masʼul xodim Saidvali Saydazimov, viloyat IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik Nigora Qayumova, viloyat IIB Jinoyat qidiruv boʻlimi masʼul xodimi, podpolkovnik Shohida Kamalova, Yangi Namangan tumani IIB katta inspektori Rasilya Ibragimova, viloyat OITS markazi shifokor va hamshiralari, institut xotin-qizlar kengashi raisi Sohiba Otamirzayeva va talabalar ishtirok etdi.
Tadbirda yoshlar oʻrtasida jinoyatchilik va huquqbuzarlikning oldini olish, yot gʻoyalarga berilmaslik, sogʻlom turmush tarzini olib borish, boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, OITS kasalligining ayanchli oqibatlari haqidagi masalalar koʻrib chiqildi.
Talabalarga mavzuga oid bukletlar tarqatildi. Mutaxassislar ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berdi.