Institut Qurilish fakultetida 22-aprel — “Butunjahon yer kuni” munosabati bilan “Yer bizning yagona uyimiz” shiori ostidagi tadbir boʻlib oʻtdi
Tadbir avvalida zamonaviy yer oʻlchov jihozlari koʻrgazmasi tashkil etildi, sohada qoʻllanayotgan dronlar namoyish etildi, tizim haqida talabalarga batafsil maʼlumot berildi.
Shundan soʻng Kadastr agentligi viloyat boshqarmasi boshligʻi Bahromjon Fozilov ishtirokida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” boʻlib oʻtdi. Mutasaddi professor-oʻqituvchilar va talabalarni “Butunjahon yer kuni” bilan qutlab, ushbu sana tarixi va bugungi kunda tizimda yuz berayotgan oʻzgarishlar haqida hikoya qildi.
Tadbir davomida yer, hududlar va kadastr tizimiga oid qiziqarli savollardan iborat viktorina boʻlib oʻtdi. Uning gʻoliblariga boshqarmaning esdalik sovgʻalari topshirildi.