• Namangan city, Islam Karimov street, 12 house
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Ilmiy kengash yigʻilishida yutuqlar eʼtirof etildi

Institut ilmiy kengashining navbatdagi yigʻilishi anʼanaga muvofiq erishilgan yutuqlar eʼtirofidan boshlandi.  Qurilish fakultetining “Binolar va inshootlar qurilishi” kafedrasi professori Sobirjon Razzoqov “Seysmik xavfsizlik sohasi aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangani olqishlar bilan kutib olindi.

Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻlimi boshligʻi Dilshodbek Abduvahobov Toshkentda boʻlib oʻtgan Texnologiyalar va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlar milliy anjumanida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va joriy yil 3-6-dekabr kunlari Qozogʻiston poytaxti Ostona shahrida boʻlib oʻtadigan mintaqaviy seminarga ham taklif etildi.

Shuningdek, ilmiy kengashda falsafa doktori ilmiy darajasini olgan, Prezident stipendiyasi tanlovining yakuniy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etgan professor-oʻqituvchi va doktorantlar ham qutlandi.

  • Share :