NamMQI olimlari ishlab chiqqan Namangan shahri yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejasi...
NamMQI olimlari ishlab chiqqan Namangan shahri yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish bosh rejasi xalq deputatlari viloyat Kengashi tasdigʻiga kiritiladi
Namangan shahrining transport va yoʻl-transport infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha ishlab chiqilgan Bosh reja xalq deputatlari viloyat Kengashiga tasdiqlash uchun kiritilishi belgilab qoʻyilgan.
Shunga muvofiq, Namangan muhandislik-qurilish instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan Bosh rejani xalq deputatlari Kengashiga qoʻyish boʻyicha shahar kengashida muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda loyiha boʻyicha qilingan ishlar yuzasidan hisobot berildi va savol-javoblardan soʻng xalq deputatlari viloyat Kengashining 27-dekabr kuni boʻlib oʻtadigan navbatdagi sessiyasiga qoʻyilishi yuzasidan qaror qabul qilindi.