Energetika fakulteti talabalari“Katta Fargʻona” kanali GESlar kaskadiga amaliyot oʻtash uchun yuborildi
Institut Energetika va mehnat muhofazasi fakultetining “Elektr energetikasi” taʼlim yoʻnalishida tahsil olayotgan 3-bosqich talabalari “Katta Fargʻona” kanali kichik GESlar kaskadiga amaliyot oʻtash uchun yuborildi.
Amaliyotga rahbarlik qilayotgan “Energetika muhandisligi” kafedrasi oʻqituvchisi Bobomurod Xamdamov talabalarga institutda olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qoʻllash va shu orqali tasavvurlarini yanada kengaytirish borasida tushunchalar berib bormoqda.