Anjumanning faol ishtirokchilariga sertifikat va tashakkurnomalar topshirildi
Institutda 19-20-aprel kunlari boʻlib oʻtgan “Texnik oliy oʻquv yurtlarida tillarni oʻqitishda innovatsion va kommunikativ yondashuvlar: muammo va yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻz nihoyasiga yetdi.
NamMQI rektori Sharifjon Ergashev yakuniy tadbirda ishtirok etib, anjuman yuqori saviyada tashkillangani va muvaffaqiyatli oʻtganini taʼkidladi.
Anjumanda faol ishtirok etgan xorijlik mehmonlar va professor-oʻqituvchilardan bir guruhi sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.
NamMQI media markazi