Yangi yil arafasida 400 dan ortiq oila vakillariga viloyat hokimining sovg‘alari topshirildi. Ular safida NamMQI xodimlari ham bor
Viloyat hokimi Shavkat Abdurazzaqov tashabbusi bilan bunday oilalar ro‘yxati mahalliy jurnalist va blogerlar tomonidan shakllantirildi. Shu sababli NamMQI matbuot kotibi Azizbek Abduvaliev tomonidan institutning boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bo‘lgan farzand tarbiyalayotgan ikki nafar vakili ushbu tadbirga taklif etildi.
Namangan shahridagi “Barkamol avlod” majmuasida o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimi va sektor rahbarlari ishtirok etdi. Ular ehtiyojmand oilalar vakillariga 18 turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, yangi yil sovg‘alari va issiq kiyimlar taqdim etdi. Shundan so‘ng bolalar uchun bayram dasturi namoyish etildi.
NamMQI media markazi