• Namangan shahri, Islom karimov ko'chasi, 12 uy
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMTI rektori Oliy Majlis Senati qoʻmita raisi oʻrinbosari etib tayinlandi

Namangan muhandislik-texnologiya institutida boʻlib oʻtgan yigʻilishda NamMTI rektori, fizika-matematika fanlari doktori, professor  Odiljon Mamatkarimov Oliy Majlis Senatining xalqaro munosabatlar, iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va turizm masalalari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari etib tayinlangani maʼlum qilindi.

Odiljon Mamatkarimov 2009-yildan buyon institut rektori lavozimida ishlab, taʼlim va ilmiy innovatsiyalar sohasida salmoqli oʻzgarishlarni amalga oshirdi. Uning rahbarligida NamMTI  nufuzli oliygohlardan biriga aylandi.

Yigʻilishda Namangan muhandislik-texnologiya instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori lavozimida faoliyat olib borayotgan Oybek Ergashev institut rektori vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani eʼlon qilindi.

Namangan muhandislik-qurilish instituti jamoasi Odiljon Oxundadayevich Mamatkarimovni tayinlov bilan muborakbod etib, kelgusidagi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

  • Share :