Transport fakultet koordinatori e’tirof etildi
Namangan muhandislik-qurilish instituti Transport fakulteti koordinatori Asadbek Bekchonov Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Namangan viloyati kengashi raisi Bilolxon Umarov tomonidan viloyatdagi eng namunali koordinator sifatida e’tirof etildi.
Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi raisi Transport fakulteti koordinatori xonasi bilan tanishdi va koordinatorga esdalik sovgʻalarini topshirdi.
Koordinatorimizga kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilab qolamiz.