• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Yoshlar radikallashuvining oldini olish — ustuvor vazifa

NamMQI talabalar turar-joyida yoshlar bilan o‘tkazilgan davra suhbatida viloyat hokimining o‘rinbosari Jamoliddin Aloydinov, viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari Oybek Xo‘jaqulov, Yoshlar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov va institut rektori Sharibboy Ergashev ishtirok etdi. 

Viloyat hokimining o‘rinbosari asosiy e'tiborni ta'limga qaratish, buning uchun yaratilgan barcha sharoitlardan unumli foydalanish, radikallashuv va yot oqimlarga berilishning oldini olish, turli zararli g‘oyalardan o‘zini ehtiyot qilish zarurligini ta'kidladi. Mavzuga oid maxsus film namoyish etildi. 

Viloyat IIB xodimlari ekstremistik ruhdagi sayt va kanallar, qidiruvda bo‘lgan jinoyatchi unsurlar haqida batafsil ma'lumot berib o‘tdi. 

Yoshlar agentligi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyor Mirzatov “Besh tashabbus olimpiadasi” va “Jasorat klubi” loyihalari doirasidagi yangi tashabbuslar haqida aytib o‘tdi. 

Tadbir yakunida muloqotda faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.

  • Share :