• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Yana 10 foizga. Pensiya, nafaqa va byudjet xodimlari maoshlari sentyabrdan yana oshadi

Pensiya, nafaqa va byudjet sohasida maoshlar 1 sentyabrdan yana 10 foizga oshirilishi rejalashtirilmoqda. Bu haqda Kun.uz' ga Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori Umid Obidxo‘jaev ma'lum qilgan.

Obidxo‘jaevga ko‘ra, jahon bozorida oltin va mis narxining prognozga nisbatan yuqori bo‘lishi (qo‘shimcha 4,5 trln so‘m) hamda bojxona tushumlarining oshishi (qo‘shimcha 3 trln so‘m) hisobiga, davlat byudjeti parametrlarida ko‘zda tutilganiga nisbatan, ish haqi, pensiya va nafaqalarni qo‘shimcha yana bir marotaba oshirishga qaror qilingan.

  • Share :