Xizmat ko‘rsatish sohasiga oid startap loyihalar tanloviga start berildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlanish agentligi iqtidorli yoshlarning ilmiy-innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tanlov e’lon qiladi.
Startap loyihalarni qabul qilishda qo‘yiladigan shartlar:
➖ 1 ta ishtirokchi 1 ta loyiha bilan qatnashadi;
➖ loyihalar asosida dasturiy mahsulot, xizmatlar va ijtimoiy mahsulotlar yaratishning eng uzoq muddati 1 yildan oshmasligi lozim.
Arizalarni ko‘rib chiqishda quyosh panellariga xizmat ko‘rsatishga qaratilgan startap loyihalarga ustuvorlik beriladi.
Quyidagi hujjatlar (asl nusxalari) PDF shaklida https://forms.gle/fNwJeUH6i3WDnCrMA elektron manzili orqali joriy yil 16-aprelgacha qabul qilinadi.
Dastlabki texnik ekspertizadan o‘tmagan loyihalar tanlovning keyingi bosqichiga tavsiya etilmaydi!