Xalqaro nogironlar kuni
3-dekabr — “Xalqaro nogironlar kuni” Transport fakulteti dekan oʻrinbosari Gʻayratali Tuxliyev, Yoshlar ittifoqi koordinatori Asadbek Bekchonov, tyutor Azizbek Jakbarov va bir guruh talabalar Davlatobod tumanidagi 1-sonli bolalar uyiga bordi.
Tanishuv davomida shu yerdagi xodimlar bilan suhbatlashildi, ularning ehtiyojlari va muammolari haqida fikr almashildi. Tadbirda ishtirok etganlar nogironlar uchun yaratilgan sharoitlar va ularning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan tashabbuslar haqida so‘z yuritdi.
E’tibor ko‘rsatish orqali nogironligi bo'lgan bolalarni jamiyatda to‘laqonli hayot kechirishga yordam berish maqsadida bu kabi tadbirlarni davom ettirishga kelishib olindi.