Xalqaro anjuman yakunlari tahlil etildi
Namangan muhandislik-qurilish institutida fizika-matematika fanlari doktori, professor Gʻafurjon Gʻulomov tavalludining 75-yilligiga bagʻishlangan “Yarimoʻtkazgichlar fizikasi, zamonaviy elektronika va energetikaning fundamental va amaliy muammolari” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻz yakuniga yetdi.
Anjuman yakuniga bagʻishlab oʻtkazilgan tadbirni ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev ochdi va olib bordi.
U mazkur anjuman yuksak saviyada oʻtkazilgani va mazmun-mohiyati jihatidan institutning 45-yillik yubiley tadbiriga oʻziga xos tayyorgarlik vazifasini oʻtaganini taʼkidladi.
Tadbirda xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazilishiga hissa qoʻshgan masʼullar eʼtirof etildi va taqdirlandi.
NamMQI media markazi