Ustoz yodi
Iqtisod fanlari doktori, professor Toshturg‘un Ergashev Toshkent politexnika instituti Namangan filiali mustaqil oliy o‘quv yurti maqomini olib, to‘laqonli institutga aylanishiga munosib hissa qo‘shgandi.
Institut rektori sifatidagi faoliyati davomida dunyoning 30 dan ortiq mamlakatida xizmat safarlarida bo‘lib, Turkiya, Germaniya, Shvesiya, Rossiya, Janubiy Koreya, Niderlandiya, AQSh, Isroil, Hindiston kabi davlatlarning nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatgandi.
Toshturg‘un Ergashevning ilmiy, o‘quv-uslubiy ishlari va pedagogik faoliyati natijalari 5 ta monografiya, 3 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanmasi va 100 dan ortiq ilmiy maqolalarda o‘z ifodasini topdi. Uning bevosita ilmiy rahbarligida 20 nafardan ortiq fan nomzodi va doktorlari tayyorlandi.
Buyuk Britaniyaning xalqaro biografiya markazi Toshturg‘un Ergashevni «XX asrning 2000 nafar atoqli intellektuallari» kitobiga kiritgandi.
Ustozning oxiratlari obod bo‘lsin!