• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Transport fakultetida «Sanoat va mashinasozlik mahsulotlarini ishlab chiqarishda sifat ko‘rsatkichlarini ta'minlashda innovasion texnologiyalar» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi

Anjumanni institut rektori Sharifjon Ergashev ochdi va olib bordi. U konferensiya ishiga muvaffaqiyatlar tilab, ma'ruzalar  barcha uchun birdek qiziqarli va samarali bo‘lishiga umid bildirdi.

Garchi konferensiya respublika miqyosida belgilangan bo‘lsa ham, uning ishida chet ellik mutaxassislar ham ishtirok etdi. Jumladan, tadbir davomida Qirg‘istonning Botken davlat universiteti professori, texnika fanlari nomzodi Sultonali Zulfiyev, dosent Yulduzxon Abubakirovalarning mavzu yuzasidan chiqishlari tinglandi.

Shuningdek, anjumanda Toshkent davlat texnika universiteti professori Paraxat Matyakubova, Ilmiy sinov va sifat nazorati markazi viloyat filiali direktori Mirqosim Mirzakarimov,  Farg‘ona  va Jizzax politexnika instituti vakillari ma'ruzalari bilan ishtirok etdi.

Konferensiya o‘z ishini sho‘'ba yig‘ilishlarida davom ettirdi.

  • Share :