Toshkentda O‘zbekiston—Koreya oliy ta'lim muassasalari rektorlari forumi boshlandi. Tadbirda NamMQI rektori ham ishtirok etmoqda
Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro forumda 100 dan ortiq oliy ta'lim muassasalari rahbarlari, vazirlik va idoralar mas'ullari ishtirok etmoqda. Ular qatorida Namangan muhandislik-qurilish instituti rektori Sharifjon Ergashev ham bor.
Anjumanda ikki mamlakat oliygohlari o‘rtasida ta'lim va fanni yanada integratsiyalashtirish, salohiyatli kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va ilmiy faoliyatdagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilinadi.
Forum yakunida qator hamkorlik shartnomalari imzolanishi kutilmoqda. Bitimlar asosan ikki mamlakat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida to‘g‘ridan to‘g‘ri hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratiladi.
Forum vazirlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali jonli efirga uzatilmoqda.
NamMQI media markazi