Tohirjon Jo‘rayev NamMQI o‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi
U 1980 yilda Namangan viloyatining Chust tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy, 2001 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini, 2003 yilda esa shu institut magistraturasini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2003 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutida assistentlikdan boshlagan. So‘ng Fanlar Akademiyasi informatika instituti stajyor-tadqiqotchisi, Matematika va informatsion texnologiyalar instituti kichik ilmiy xodimi, Namangan muhandislik-pedagogika instituti informatika va kompyuter texnikasi kafedrasi assistenti, Kasb ta'limi kafedrasi katta o‘qituvchisi, institut o‘quv-uslubiy bo‘limi boshlig‘i, Informatika va axborotlar texnologiyasi kafedrasi mudiri vazifalarida ishlab kelgan.
U 2022 yildan beri o‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
Tohirjon Jo‘rayev institut rektorining 2023 yil 3 maydagi buyrug‘i bilan NamMQI o‘quv-uslubiy boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.