• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish” o‘quv dasturiga start berildi

NamMQIda Oliy ta'lim, fan va innovasiyalar vazirligi tashabbusi bilan Jahon Bankining “O‘zbekiston milliy innovasion tizimini modernizasiya qilish” (MUNIS) loyihasi doirasidagi “Texnologiyalarni tijoratlashtirish va startap loyihalarni amalga oshirish” o‘quv dasturiga start berildi.

Dasturning asosiy maqsadi hududlardagi yosh olimlar, tadbirkorlar va startap g‘oyalariga ega yosh olimlarning loyihalarini amalga oshirishda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda texnologiyalarni tijoratlashtirishda ularni qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

Dastur, shuningdek, MUNIS loyihasining kichik tarkibiy qismlari uchun maqsadli auditoriyani kengaytirishga yordam beradi.

Loyiha 2023-yilning may oyida boshlanib 8 oy davomida 12 ta viloyat va Qoraqalpog‘iston Respublikasida o‘tkaziladi. Loyiha doirasida treninglar tashkil etilib, ushbu interaktiv seminarlar xalqaro ekspert Sergey Makarov ishtirokida o‘tkaziladi.

Treningda muvaffaqiyatli ishtirok etgan ishtirokchilarni loyihaning yakuniy bosqichi yakunlangandan so‘ng sertifikatlar bilan taqdirlash rejalashtirilgan.

  • Share :