• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Talabalar uchun barpo etilayotgan 1000 o‘rinli turar-joy qurilishining borishi

Namangan shahrining Islom Karimov ko‘chasida NamMQI talabalari uchun turar-joyi qurilishi qizg‘in davom etmoqda. Bu yerda “Nifrit impeks” mas'uliyati cheklangan jamiyati tomonidan loyiha qiymati 86 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan 12 qavatli bino qurilishiga kirishilgan.

Hozirda mazkur qurilishning kotlovan qazish va bino fundamentini tayyorlash ishlari olib borilmoqda. Buning uchun jamiyatning qudratli mashina va mexanizmlari jalb etilgan.  Bu jarayon uzilishlarsiz va muntazam davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 1000 o‘rinli talabalar turar-joyi qurilishi joriy yil oxiriga qadar yakunlanib, foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan.

  • Share :