• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

“Super” kontrakt boʻyicha qoʻshimcha tartiblar belgilandi

Davlat komissiyasi bayoniga koʻra, kirish imtihonlari natijasi boʻyicha tanlovda ishtirok etib, ikkinchi-beshinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlaridan biri boʻyicha davlat granti yoki toʻlov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarga oʻz xohishlariga koʻra, ustuvorligi boʻyicha tanlagan birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga ruxsat berildi. Ushbu holatda abituriyent toʻplagan bali birinchi taʼlim yoʻnalishida toʻlov-kontrakt asosidagi oʻtish balidan past boʻlishi lozim.

Bunda kontrakt summasini hisoblash Davlat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt qiymatining minimal miqdorlari asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, tanlagan barcha yoʻnalishlarga oʻqishga tavsiya etilmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan yoʻnalishlaridan birida tabaqalashtirilgan kontrakt asosida oʻqishiga ruxsat beriladi.

Bunda, oliy taʼlim muassasalari tomonidan talabalikka qabul qilish tanlov boʻyicha birinchi bakalavriat taʼlim yoʻnalishida eʼlon qilingan test sinovlari natijalariga koʻra, abituriyentlaring toʻplagan balini asos sifatida qabul qilib, murojaat etgan abituriyentlarning arizalariga muvofiq, toʻplagan ballari qatʼiy ketma-ketligiga rioya etgan holda amalga oshiriladi.

Eslatma: “Super” kontraktning bir yillik oʻqitish qiymatidan kamida 50 foizi miqdoridagi toʻlovlarni amalga oshirgan abituriyentlar talabalar safiga qabul qilinadi. Super kontraktni 2024-yil 15-oktyabrga qadar toʻliq (100 foiz) toʻlagan abituriyentlarga, istisno tariqasida 10 foiz chegirma taqdim etiladi.

  • Share :