"ScienceTour" loyihasining navbatdagi manzili Qashqadaryo viloyati boʻldi
Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkilotining bir guruh koordinatorlari tomonidan ichki turizmni rivojlantirish maqsadida boshlangan "ScienceTour" loyihasi doirasida Qashqadaryo viloyatiga sayohat uyushtirildi.
Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Diyorbek Soataliyev boshchiligidagi koordinatorlar guruhi Qashqadaryo viloyatidagi tarixiy obidalar, ularning tarixi haqida maʼlumotlarga ega boʻlishmoqda.
Koordinatorlar "Dor ut-tilovat" majmuasi, "Koʻk Gumbaz" masjidi, "Oqsaroy" yodgorligi, Amir Temur haykali joylashgan xiyobon bilan yaqindan tanishishdi.
Maʼlumot uchun, Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti loyihasi davomida Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlariga tashrif buyurilgan.