• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Rossiya fanlar akademiyasi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi instituti ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Temur Shomirzaev NamMQI mehmoni bo‘ldi

Rossiya fanlar akademiyasi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi instituti ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari doktori, professor Temur Shomirzaev NamMQI mehmoni bo‘ldi

Mehmonni institut rektori Sharifboy Ergashev qabul qildi. Samimiy muloqot chog‘ida Temur Shomirzaevga NamMQI Fizika kafedrasi professori G‘ofur G‘ulomov boshchiligidagi “Yarimo‘tkazgichli quyosh fotoelementlar va nanostrukturalarning xarakteristikalariga kuchli elektromagnit maydonda qizigan elektron va fononlarning ta’siri” nomli fundamental davlat grantida xorijiy hamrahbar bo‘lganligi uchun minnatdorlik bildirildi.

Shundan so‘ng  nanoelektronikaning kvant nuqtalar yo‘nalishi bo‘yicha dunyoning etakchi olimlaridan biri bo‘lgan va Scopus ilmiy axborotlar bazasidan 135 ta ilmiy maqolasi o‘rin olgan professor Shomirzaev NamMQI majlislar zalida viloyat OTMlari professor-o‘qituvchilari va talabalar uchun tashkil etilgan ilmiy seminarda ishtirok etdi hamda ma’ruza qildi.

Olim, shuningdek, NamMQI talabalari uchun darslar o‘tishi ham rejalashtirilgan.

NamMQI media markazi

  • Share :