Rektor va yoshlarning ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi
Namangan muhandislik-qurilish institutida talaba-yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning muammolarini bartaraf etish, taklif va gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan rektor, Yoshlar ittifoqi koordinatorlari va “Qalqon” guruhi aʼzolari ishtirokidagi ochiq muloqot boʻlib oʻtdi.
Davra suhbatini institut rektori bugungi kunda mamlakatimizda, xususan, oliygohda yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, kelajakda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi rejalar, xalqaro loyihalar, xorijiy hamkorlik masalalari haqidagi fikrlari bilan ochib berdi.
Shundan soʻng talaba-yoshlarni tashvishlantirayotgan muammolar oʻrganildi. Fakultet va yoʻnalish koordinatorlari tomonidan rektorga mavjud kamchiliklar yetkazildi, takliflar bildirildi. Koʻtarilgan muammolar yoshlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi Diyorbek Soataliyev nazorati ostida masʼullarga yoʻnaltirildi.