• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Raqamli hukumat loyihalarini boshqarish markazining elektron xizmatlardan foydalanish tartibi va my.gov.uz portalida joriy etilgan imkoniyatlarga bag‘ishlangan seminar-treningi bo‘lib o‘tdi

Tadbirni viloyat hokimining raqamlashtirish bo‘yicha maslahatchisi Baxtiyor Axunbabayev ochdi va olib bordi. U o‘z chiqishida mamlakatda, jumladan, Namanganda raqamashtirish borasida joriy etilayotgan yangiliklarga alohida e’tibor qaratdi.

Rakamli texnologiyalar vazirligi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Rasuljon Xolmatov my.gov.uz portalidan foydalanishdagi yengillik va qulayliklarga to‘xtalib o‘tdi.

Markaz mas’ullari Elshodbek Omonqulov va Muhammadbobur Samatxanov taqdim etgan interaktiv ma’lumotlar yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Institutda o‘tkazilgan mazkur tadbir “O‘zbekiston 24” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda yoritib borildi.

  • Share :