• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Qonunchilik palatasi deputati ishtirokidagi ochiq muloqot Konstitutsiya va unga kiritilayotgan o‘zgarishlarga bag‘ishlandi

Avval xabar berganimizdek,  Namangan muhandislik-qurilish institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Abdumalik Akramov ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. 

Mutasaddilar, professor-o‘qituvchilar va tyutorlar ishtirokidagi tadbirni institut matbuot kotibi Azizbek Abduvaliev olib bordi. 

Muloqotda yangi tahrirdagi Konstitutsiya va unga kiritilayotgan o‘zgarishlar, ushbu o‘zgarishlarning xalq va jamiyat uchun ahamiyati haqida so‘z bordi. Asosiy qonunda, xususan, o‘qituvchi sha'ni va qadr-qimmati ulug‘langani, pedagoglarga alohida e'tibor qaratilganiga urg‘u berildi. Professor-o‘qituvchilarning mavzu yuzasidan savollariga batafsil javob qaytarildi. 

Ochiq muloqotda "Milliy tiklanish" partiyasi viloyat kengashi raisi Dilnoza Azizova, xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Ahmadjon A'loxo‘jaev ham so‘zga chiqdi va o‘z fikrlarini bildirdi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :