• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Qirq besh yoshingni qutlaymiz dildan!

Irfon yoʻllarida yurib mardona,
Qirq besh avlodga boʻlolding ona,
Bugun yuraklarda zoʻr shodiyona,
Yashnayver hamisha ey aziz maskan,
Qirq besh yoshingni qutlaymiz dildan.

Nechalar chiqdilar, taʼlimdan rozi,
Hokimlar, rahbarlar, shoir-u qozi,
Sanasam toʻxtamay yangrar ovozim,
Hech qachon tushmaysan birorta tildan,
Qirq besh yoshingni qutlaymiz dildan.

Yurtimning otasi qilgan eʼtibor,
Eng zoʻr muhandislar shu dargohda bor,
Bari vatanparvar, bari bunyodkor,
Yurtiga va senga tolmas xizmatdan,
Qirq besh yoshingni qutlaymiz dildan.

Ustozlar doʻstimiz, tanti, chapani,
Bilimli yoshlarda maʼni bor, maʼni,
Adolat maskani, ilm maskani,
Ey gullar shahriga yarashgan chaman,
Qirq besh yoshingni qutlaymiz dildan.

Tajriba, bilimga tashnadir bari,
Yuksalar albatta yuksalgan sari,
Yangi Oʻzbekiston muhandislari,
Yetishib kelyotgan yoshlarga vatan,
Qirq besh yoshingni qutlaymiz dildan!

Ahmadjon Muxtorjonov

  • Share :