• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Professor va talabaning hamkorlikdagi monografiyasi Toshkentda chop etildi

NamMQI Qurilish materiallari va buyumlari kafedrasi professori Adhamjon Hamidov va Qurilish fakulteti talabasi Ahmadjon Muxtorjonov tomonidan talabalarni bilimga qiziqtirishning noan'anaviy usullari asosida tayyorlangan “Qurilish materiallari va buyumlari” monografiyasi Toshkentda, Lesson Press nashriyotida chop etildi.

Monografiya boshqa ilmiy qo‘llanmalardan atamalar she'riy tarzda ifodalangani, turli xil o‘yinlarga ega ekanligi, talabalarning amaliyot ko‘nikmalarini oshirishga qaratilganligi bilan ajralib turadi.

 

NamMQI media markazi

  • Share :