Prezident “Yangi O‘zbekiston yoshlar ziyo maskani” kutubxonasida namanganlik yoshlar bilan muloqot qildi
Unda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlarni davom ettirishga qaratilgan loyihalar va tashabbuslar haqida so‘z bordi.
— Maktabda ikkita xorijiy til va bitta kasb o‘rganish talabini qo‘yyapmiz. Mana bunday ziyo maskanlari, sport majmualari qurilyapti. Bularning hammasi birlashib, hayot maktabiga aylanishi kerak, - dedi Sh.Mirziyoev.
Shu bois bitiruvchilarni ish bilan ta'minlash va kasb-hunarga o‘rgatishga qaratilgan “Hayot maktabi” dasturi amalga oshiriladi. Bu borada Namangan viloyati tajribasi yaratiladi.