• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

OTFIV ning 2024-yil 2-iyuldagi 55-sonli topshiriq ijrosi bo'yicha ma'lumot

Namangan muhandislik-qurilish institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim va fan va innovatsiyalar vazirligining  2024-yil 2-iyuldagi 55-sonli  kengaytirilgan yig‘ilishida berilgan topshiriqqa asosan quyidagi ishlar amalga oshirildi:

Namangan muhandislik-qurilish instituti bandlik organlari bilan hamkorlikda ishlash, ushbu jarayonga ish beruvchilarni jalb qilish orqali yoz mavsumida texnikum va oliy ta’lim muassasalarida mehnat yarmarkalarini o‘tkazish yuzasidan vazifalar belgilab olingan edi.

Shunga asosan, 2024-yil 28-avgust kuni Namangan shahridagi “Afsonalar bog‘i”da 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilarining  bandligini ta’minlash bo‘yicha Namangan viloyati hokimligi, Namangan viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi hamda yirik ish beruvchi korxona va tashkilotlar hamkorligida “Ta’lim muassasalari bitiruvchilarining bandligi ta’minlash” yuzasidan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Mehnat yarmarkasida  Namangan viloyati kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Z.Ikramov,  O‘zbekiston respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Namangan viloyati hududiy filiali rahbari M.Apaqov hamda  ish beruvchi korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar. 

Tadbirda Namangan muhandislik-qurilish instituti  talabalari ham faol ishtirok etdilar.

 Institut tarsarrufida 2 ta Namangan sanoat texnikumi hamda Uchqo‘rg‘on sanoat-texnologiyalari texnikumi faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. 

Texnikumlar tomonidan yoz mavsumida mehnat yarmarkalari tashkil etilib, ularda             20 ga yaqin ish beruvchi korxona va tashkilotlar vakillari,170 ga yaqin bitiruvchi yoshlar ishtirok etdi. O‘tkazilgan tadbirlar  ommaviy axborot vositalarida yoritib borildi.

Namangan muhandislik-qurilish instituti va Pop tumanida quyosh fotoyelektr stansiyasini barpo etayotgan “Next Solar Energy Group” xorijiy korxonasi bilan oldinroq hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.

Mazkur shartnomaga muvofiq  institutning Energetika va mehnat muhofazasi fakultetining bir guruh talabalari korxonada mablag‘ to‘lanadigan ishlarga jalb etildi. Talabalarga ushbu ob’yektda bajarayotgan ishlari uchun 5,5 million so‘mdan maosh to‘lanmoqda. Ularga fakulьtet mutasaddilari hamrohlik qildi. 

Yozgi ta’til davrida  6 ta GESdan iborat bo‘lgan quvvati 38 megavattli Norin GESlar kaskadi “O‘zbekgidro” AJ bilan shartnoma imzolanib, Elektr energetika ta’lim yo‘nalishining 26 nafar talabalari ushbu kaskad qurilishiga ish xaqi ishlarga jalb etildi.

Namangan muhandislik-qurilish instituning Qurilish fakultetida yozgi ta’til davrida jami 20 nafar talabadan iborat “Qurilish otryadi” tashkil etilgan bo‘lib, ushbu talabalar Namangan shahrida joylashgan “KO‘K SAROY” MCHJ korxonasida shartnoma asosida ishlab kelmoqdalar.

Institut tomonidan o‘zaro hamkorlikda  ish beruvchi korxona va tashkilotlar bilan mehnat yarmarkalarini o‘tkazish, “Qurilish otryadlari” faoliyatlarini yanada kengaytirish, talaba yoshlarni oylik beradigan ishlarga ko‘proq jalb qilish bo‘yicha ishlar jadal olib borilmoqda. 

 O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor                                           Q.Inoyatov

  • Share :