O‘quv-trening kursi Toshkent davlat transport universitetining "Coworking" markazida Namangan muhandislik qurilish instituti va “SIMETRA” kompaniyasi hamkorligida PTV Visum va VisSim dasturlaridan foydalanish bo‘yicha o‘quv-trening kursi bo‘lib o‘tmoqda
Namangan muhandislik qurilish instituti va “SIMETRA” kompaniyasi hamkorligida PTV Visum va VisSim dasturlaridan foydalanish bo‘yicha 5 kunlik o‘quv-trening kursi bo‘lib o‘tmoqda. Mazkur kurs “SIMETRA” xorijiy kompaniyasining rivojlantirish bo‘yicha direktori Kristin Bottger tomonidan olib borilmoqda. Bu kursda Toshkent davlat transport universiteti, Namangan muhandislik qurilish instituti , Jizzax politexnika instituti professor-o‘qituvchilari va hududiy transport boshqarmalari mutaxassislari o‘z bilimlarini oshirmoqda. Bu kabi kurslarni tashkil etishdan asosiy maqsad hozirgi kunda mamlakatimizda dolzarb bo‘lgan avtomobil transpotida harakatlanish samaradorligi va xavfsizligini oshirish, jamoat transporti faoliyatini kuchaytirish kabi masalalarni yechishda zamonaviy bilimlarga ega bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlashdan iborat.