• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Oliy ta’lim muassasalari va maktablar hamkorligi doirasida targ‘ibot ishlari olib borish maqsadida tashrif buyurdilar

Namangan muhandislik-qurilish instituti “Sanoatni axborotlashtirish” fakulteti Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchilari N.Nuriddinov, I.Maxamadjanov, M.G‘ofurjonov, Sh.Ikromovlar Yangiqo‘rg‘on tumanidagi 46-sonli, 33-sonli, 34-sonli va 56-sonli umumiy o'rta ta’lim maktablariga oliy ta’lim muassasalari va maktablar hamkorligi doirasida targ‘ibot ishlari olib borish maqsadida tashrif buyurdilar. Ushbu maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan oliy ta’lim tizimi hamda Namangan muhandislik-qurilish instituti haqida, instututdagi ta’lim yo’nalishlari, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, davlat stipendiatlari haqida ma’lumotlar berildi. 
Davra suhbati davomida qiziqarli savol-javoblar tashkil etildi hamda maktab bitiruvchilari o‘zlarining qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Targ”ibot ishlari maktablarning bitiruvchi yoshlariga institut haqidagi ma’lumotlarga ega bo”lishlariga juda katta yordam berdi va  ulardagi ijobiy fikrlarni yanada oshirdi.
 

  • Share :