• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining logotipi bilan tanishing

Vazirlikning logotipi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta'lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasidagi tub yangilanishlarni ifodalaydi.

Logotipning umumiy ko‘rinishida Prezident g‘oyalari asosida «ilm-fan va innovatsiyalar uyi» sifatida barpo etilgan, bugungi kunda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi joylashgan yangi, zamonaviy bino aks ettirilgan.

Logotip o‘rtasidagi unib-o‘sayotgan yorqin yashil rangli nihol mamlakatimizda talabalar, izlanuvchan va tadqiqotchi yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan davlat siyosatini ifodalaydi. Mazkur timsollar tevaragida bilim manbai bo‘lmish kitoblar tarhi tasvirlangan.

Logotipning ust qismidagi qalin chiziq – mamlakatimizda oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar ravnaqi davlat himoyasi ostida ekanini urg‘ulaydi. Qobiq ustida joylashgan davlat bayrog‘i tasviri ushbu g‘oyani tugal aks ettiradi. Logotipning pastki qismidagi eshik ta'lim va ilm-fan eshigi yurtimizning barcha aholisiga ochiq ekanini anglatadi.

 

  • Share :