• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Xitoyning eng nufuzli universiteti rahbari bilan uchrashdi

21-yanvar kuni Xitoy safarida boʻlib turgan Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi oʻrinbosari Komiljon Karimov Pekin Universiteti Kengashi raisi Hao Ping bilan uchrashdi.

Xitoyning eng qadimgi universitetlaridan biri, dunyoning yetakchi 20 ta oliy taʼlim muassasasi qatoridan joy olgan Pekin universiteti bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamlash va kengaytirish ikki tomon muzokaralarining bosh mavzusi boʻldi.

  • Share :