NamMQIda kichik quyosh elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi
Namangan muhandislik-qurilish instituti 3-binosiga kichik quyosh elektr stansiyasi o‘rnatildi. Buning uchun ichki imkoniyatlar hisobidan 330 million so‘m mablag‘ sarflandi. Ushbu stansiya 57 ta quyosh panelidan iborat bo‘lib, 30 kilovatt elektr energiyasi ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu esa institut IT-markazi joylashgan bino ehtiyojlarini to‘la qoplaydi. NamMQI bosh muhandisi Bahromjon Xolmirzaevning aytishicha, kelgusida institutning boshqa binolari va talabalar turar-joylarida ham shunday kichik quyosh elektr stansiyalarini o‘rnatish rejalashtirilgan. Bu institut jamoasining mamlakatda muqobil energiyani keng joriy etish bo‘yicha olib borilayotgan sa'y-harakatlarga munosib javobi bo‘ladi.
NamMQI media markazi