NamMQIda 1 000 oʻrinli yangi talabalar turar-joyi barpo etilmoqda
Namangan muhandislik-qurilish institutining Islom Karimov koʻchasidagi talabalar turar-joyi hududida davlat-xususiy sheriklik asosida 12 qavatli, umumiy loyiha qiymati 86 mlrd 300 mln soʻm boʻlgan yangi turar-joy binosi qurilishi boshlandi.
Institut rektori, prorektorlar va qurilish tashkiloti rahbarlari ishtirokida ushbu turar-joy binosi loyihasi yana bir bor koʻzdan kechirildi. Oʻzbekona udumlarga muvofiq jonliq soʻyilib, duo-fotiha qilindi va qudratli mashinalar kotlovan qazishga kirishdi.
“Nifrit impeks” MChJ tomonidan tayyorlangan loyiha asosida 1 000 oʻrinli talabalar turar-joyi qurilishi 2023-yil oxiriga qadar yakunlanib, foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, yil boshida institutning 300 oʻrinli yana bir yotoqxonasi qurilishi boshlangan edi.
Maʼlumot uchun, Institut tasarrufida hozirgi kunda 2 ta talabalar turar joyi mavjud boʻlib, umumiy sigʻimi 800 oʻrinni tashkil etadi.