• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari Xotira xiyobonida o‘tganlar xotirasini yod etdi

9 may – Xotira va qadrlash kuni viloyat markazidagi Xotira xiyoboni har qachongidan gavjum bo‘ldi. Namangan viloyati hokimi, viloyat harbiy-ma'muriy sektor rahbari Shavkat Abdurazzaqov boshchiligidagi sektor rahbarlari, viloyat huquqni muhofaza qilish idoralari va boshqarmalari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari, ta'lim muassasalari va yoshlar jamoalari harbiy orkestr sadolari ostida xiyobonda joylashgan Motamsaro ona haykali poyiga gulchambarlar qo‘ydi.
Ular safida Namangan muhandislik-qurilish instituti vakillari ham bor edi. 
Ikkinchi jahon urushida qurbon bo‘lgan minglab hamyurtlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirildi. Yig‘ilganlar maydondagi “Xotira kitobi”ni varaqlab, o‘tganlar xotirasini yod etdi.
 

  • Share :