• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillari O‘zbekiston—Buyuk Britaniya ta'lim forumida ishtirok etmoqda

Toshkentdagi xalqaro Vestminster universitetida O‘zbekiston—Buyuk Britaniya ta'lim forumi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirni mazkur mamlakatning O‘zbekistondagi elchisi Tim Torlot ochib berdi.

Forum doirasida Britaniya transmilliy ta'limini O‘zbekistonda joriy etish tajribasi, ta'lim sifati, inklyuziv oliy ta'lim kabi mavzularda turli sessiya yig‘ilishlari tashkil etilmoqda.

Tadbirda ikki mamlakat OTMlaridan tashqari ta'lim sohasida faoliyat olib boruvchi ingliz kompaniyalari va turli xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etmoqda.

Forumda NamMQI ilmiy ishlar va innovasiyalar bo‘yicha prorektori Muhammadjon Dadamirzaev va xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Islomjon Ergashev qatnashmoqda.

NamMQI media markazi

  • Share :