NamMQI vakillari Bishkekdagi Qirgʻiz-Turk Manas univesiteti faoliyati bilan tanishmoqda
Institut professor-oʻqituvchilari Oybek Aripov, Muzaffar Dadamirzayev, Fayzulla Nishonov, Baxtiyor Mullaboyev va Alimardon Habibullayev Bishkekdagi Qirgʻiz-Turk Manas univesitetiga keldi.
Vakillarimiz mazkur universitet fakultetlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Bu yerda talabalarga yaratilgan imkoniyatlar, jumladan, oʻquv va ilmiy sohalar, talabalarning mustaqil taʼlimga yoʻnaltirilganligi hamda kutubxona tizimi oʻrganildi.
Safar davomida univesitetdagi maʼruzalar, amaliy va laboratoriya mashgʻulotlarida ishtirok etish, universitetning nufuzli ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish, hamkorlikdagi ilmiy loyihalarda ishtirok etish rejalashtirilgan.