• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI vakillar oʻzbek tili bayramiga bagʻishlangan viloyat tadbirida faol ishtirok etdi

NamMQI vakillar oʻzbek tili bayramiga bagʻishlangan viloyat tadbirida faol ishtirok etdi

Namangan shahridagi Adiblar xiyobonida 21-oktyabr — oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunga bagʻishlangan tantanali tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi viloyat boʻlimi raisi Ziyovuddin Mansurov ochdi va olib bordi.

Oʻzbekiston yozuvchilar uyushmasi raisining oʻrinbosari, taniqli shoir Minhojiddin Mirzo viloyat ahlini til bayrami bilan tabriklab, barchani, xususan, yoshlarni oʻz ona tilini yanada chuqurroq egallash va uning boyigidan toʻlaqonli foydalanishga chaqirdi.

Shundan soʻng mushoira va gulchambar qoʻyish marosimi boʻlib oʻtdi.

Ushbu tadbirda institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov boshchiligida institut vakillari, talaba-yoshlari ham faol ishtirok etdi va Mashrab haykali poyiga gulchambar qoʻydi.

Bayram tadbiri Alisher Navoiy nomli viloyat teatrida davom etmoqda.

  • Share :