NamMQI talabalari Ortiqali Qozoqovning san'at galereyasi bilan tanishmoqda
NamMQI yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo‘yicha prorektori Odiljon Jakbarov boshchiligida bir guruh talabalar O‘zbekiston Respublikasi san'at arbobi Ortiqali Qozoqovning Pop tumanidagi Sang qishlog‘ida tashkil etilgan san'at galereyasiga keldi.
Institut vakillarini mashhur musavvirning o‘zi qarshi oldi.
Hamyurtimiz ushbu galereya va uning tashkil etilish tarixi haqida hikoya qilmoqda. Galereyadan rassomning turli janrlardagi 60 dan ortiq asari o‘rin olgan.
Ma'lumot uchun, Ortiqali Qozoqov 1960 yil Pop tumanining Sang qishlog‘ida dunyoga kelgan. Rassomning O‘zbekistondan tashqari AQSh, Turkiya, Rossiya, Germaniya, Yaponiya, Italiya, Fransiya va boshqa davlatlarda shaxsiy ko‘rgazmalari tashkil etilgan.
NamMQI media markazi