NamMQI talabalari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti bilan tanishdi
Toshkentga safar qilgan NamMQI talabalari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida bo‘ldi.
Talabalar bu yerda shonli tarixga ega, dunyo reytinglarida yuqori o‘rinlarni egallab kelayotgan universitet o‘tmishi va bugungi kuni bilan tanishdi.
Universitetning boy axborot-resurs markazi, unda ko‘plab nodir kitob, adabiyot va qo‘llanmalar to‘plangani yoshlar tomonidan e'tirof etildi.
Oliy o‘quv yurtining geologiya muzeyiga sayohat ham talabalarda katta taassurot qoldirdi. Muzeyda namoyish etilayotgan qadimiy va noyob topilmalar, turli-tuman toshlar va minerallar geologiya haqidagi tasavvurlarni yanada boyitishga xizmat qildi.
NamMQI media markazia