NamMQI talabalar turar-joyida Namangan viloyat IIB mas'ul xodimlarining yoshlar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
Muloqotda jinoyatchilikning oldini olish, turli oqimlar ta'siriga tushib qolmaslik, asosiy e'tiborni ta'lim va ilm olishga yo‘naltirish, ustozlarga izzat, tengdoshlarga hurmatda bo‘lish, jamiyatda yurish-turish me'yorlari va turar-joy hamda ijara xonadonlarida istiqomat qilish qoidalariga rioya etish haqida so‘z bordi.
Podpolkovniklar Muzaffar Xoshimov, Erkinjon Ubaydullayev, Boburjon Dolimov va kapitan Abdulla Nurullayev o‘z chiqishlari davomida yoshlarni jamiyatning faol a'zosiga aylanish, voqea-hodisalarga befarq bo‘lmaslikka chaqirdi. Talabalarning mavzu yuzasidan savollariga batafsil javoblar berildi.
NamMQI media markazi