NamMQI sobiq talabasi Seulda ovoz berdi
NamMQI sobiq talabasi Jaloliddin Mahmudov hozirda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti magistraturasida tahsil olmoqda.
Jaloliddin ayni paytda almashinuv dasturi doirasida Janubiy Koreyaning Xongik universitetida bo‘lib turibdi.
U kecha Seuldagi O‘zbekiston elchixonasida tashkil etilgan referendum uchastkasiga kelib, o‘zining konstitusion huquqidan foydalandi va ovoz berish jarayonida ishtirok etdi.