NamMQI rektori Sharifboy Ergashevning O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tabrigi
Barchangizni umumxalq bayrami — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman. Bu ayyom bejiz umumxalq bayrami sifatida nishonlanmaydi. Chunki barchamizni, kim bo‘lishimizdan qat'iy nazar, ustozlar tarbiyalagan. Prezidentimiz bejiz oliygohlarning professor-o‘qituvchilarini Uchinchi Renessans ustunlaridan biri cifatida tariflamagan. Bunday yuksak e'tirofga loyiq bo‘lish bugungi kundagi eng muhim vazifalarimizdan biri. To‘yga to‘yona bilan degandek, institutimiz kuni-kecha e'lon qilingan OTMlar milliy reytingida o‘tgan yilga nisbatan salmoqli darajada siljishga erishdi. Bunday faxrlansa arzigulik natijalarimiz kelgusida yana ko‘payadi degan umiddaman.
Qadrli hamkasblar!
Sizlarni yana bir bor qutlab, sihat-salomatlik, baxt-saodat, xonadoningizga fayz-baraka, ezgu faoliyatingizda muvaffaqiyatlar tilayman! Yutuqlarimiz bardavom bo‘lsin!