NamMQI rektori Sharifboy Ergashev Namangan shahridagi 2-kasb-hunar maktabida bo‘ldi
NamMQI rektori Sharifboy Ergashev Namangan shahridagi 2-kasb-hunar maktabida bo‘lib, bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur ta'lim muassasasi bilan hamkorlik shartnomasi imzolangan bo‘lib, ushbu shartnoma doirasida professor-o‘qituvchilarning maktabda mahorat darslari, o‘quvchilarning esa institutga sayohati, auditoriya va laboratoriyalarda bilim egallashi yo‘lga qo‘yilgan.
NamMQI rektori maktabning axborot texnologiyalari va avtomobilsozlik guruhlarida bo‘lib, ushbu guruhlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan muloqot qildi. Ular safida o‘qishni oliy ta'lim bosqichida davom ettirish, xususan, Namangan muhandislik-qurilish instituti talabasi bo‘lish istagidagi yoshlar bor.
“Eng baxtli yigit-qizlarsiz, chunki davlat rahbari tomonidan sizlar uchun juda katta imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Birgina Namanganning o‘zida bugungi kunda 10 ga yaqin OTM faoliyat olib borayotgani, tanlash imkoniyati kengaygani bunga dalil bo‘la oladi”, — dedi rektor.
NamMQI media markazi