• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI Qurilish muhandisligi kafedrasi dotsenti Bahodir Dedexanov muallifligidagi monografiya xorijda, MASA nashriyotida chop etildi

Toshkent arxitektura-qurilish instituti professori  Shoira Nurmuxamedova bilan hammualliflikdagi monografiya talabalar, magistrantlar, tayanch doktorantlar va doktorantlar, ilmiy-pedagogik xodimlar hamda arxitektura yoʻnalishi vakillariga moʻljallangan.

Monografiyada qadimgi va ilk oʻrta asrlarda Fargʻona meʼmorchiligi boʻyicha ilmiy-nazariy tadqiqot natijalari keltirilgan.

Ushbu ilmiy-tadqiqot ishi rus tilida nashr etildi va XXXII xalqaro MASA koʻrik-tanlovida 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

  • Share :