• г. Наманган, улица Ислама Каримова, дом 12
  • +998 (69) 234-14-30
post image

NamMQI qoshidagi korxona Seysmologiya jamg‘armasi e'lon qilgan tanlovda g‘olib chiqib, 1,2 mlrd so‘mlik shartnomalarni imzoladi

Sanoatni axborotlashtirish fakulteti qoshidagi InTechNamMQI unitar korxonasi  Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Seysmologiya, inshootlarning seysmik mustahkamligi va seysmik xavfsizlikni ta'minlash sohasini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalar uchun e'lon qilingan tanlovda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.

Korxona vakillari “Yakka tartibdagi uy-joylarni loyihalashda zilzilabardoshligini ta'minlash uchun bino o‘lchamlari va grunt ma'lumotlariga asoslangan holda bino konstruksiyasining asosiy elementlarini hisoblovchi dasturiy ta'minot yaratish” hamda “Seysmik hududlarda joylashgan O‘zbekiston Respublikasi aholi punktlarining raqamlashtirilgan onlayn elektron xaritasini yaratish” mavzularidagi davomiyligi ikki yil bo‘lgan 2 ta loyihani amalga oshirish bo‘yicha shartnomalar tuzishga erishdi.

Ularning umumiy qiymati 1 milliard 200 million so‘mni tashkil etadi.

Ushbu natijaga erishishda fakultet dekani A.Qahharov, korxona rahbari A.Ismoilov va jamoaning munosib hissasi bor. Tabriklaymiz!

  • Share :